"Nyukasl" klubi saudiyalik investorlar qo`liga o`tganidan so`ng tarkibni kuchaytirish istagida ko`plab o`zgarishlarni amalga oshirmoqchi.
Ma`lum bo`lishicha, jamoa qishki transfer bozori vaqtida bir nechta tajribali futbolchilarni qo`shib olishni rejalashtirgan. Jumladan, "qarg`alar" Isko ("Real"), Samuel Umtiti ("Barselona"), Kevin Trippier ("Atletiko") va Divor Origi ("Liverpul") kabi futbolchilarni xarid qilmoqchi.
Rahbariyat allaqachon ushbu futbolchilarning agentlari bilan muzokaraga kirishgan.






