AsosiyJamiyat

Farg`onada 29.100.000 so`mlik chiroqlarni olib ketgan "chiroqchi" javobgarlikka tortildi

'Farg`onada 29.100.000 so`mlik chiroqlarni olib ketgan "chiroqchi" javobgarlikka tortildi'ning rasmi

27 dekabr kuni fuqaro A.B IIBga murojaat qilib, unda 2021 yilning 22 oktyabr kuni ismli noma`lum shaxs ishonchiga kirib, sotmoqchi bo`lgan chiroqlarini 29.100.000 so`mlik 290 dona sotib olishga kelishib, pullarini bir ozdan so`ng olib kelib berishini aytib, olib ketib bergan va`dasini bajarmasdan aldov yo`li bilan chiroqlarini qo`lga kiritganligini bildirgan. Bu haqda Farg`ona IIB xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.D va A.Yu.lar sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar