AsosiyJamiyat

Pirotexnika ofat keltiradi, musulmonni qo`rqitish halol emas — Musulmonlar idorasi

'Pirotexnika ofat keltiradi, musulmonni qo`rqitish halol emas — Musulmonlar idorasi'ning rasmi

O`zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan ushbu nomdagi zamonaviy metodlarni o`z ichiga olgan infografika tayyorlandi.  

Idora axborot xizmati ma`lum qilishicha, infografikada pirotexnika vositalarining moddiy va ma`naviy zararlari, uning salomatlikka salbiy ta`siri, Islom dinida insonni qo`rqitish, ziyon etkazish qattiq qoralanishi, shunday buyumlarni qonunga xilof tarzda ishlab chiqarish, sotish va tarqatish hamda ulardan foydalanish javobgarlikka sabab bo`lishiga oid ma`lumotlar ifoda qilingan.  

Shuningdek, tarbiya ishiga mutasaddi bo`lganlar va ota-onalarga muhim tavsiyalar bayon etilgan.

Mobil qurilmalar orqali ham foydalanish uchun infografikaning PDF shakli, mavzuga oid videoroliklar va mazkur faoliyat bilan shug`ullanganlik uchun javobgarlik belgilangan tegishli kodekslar moddalarining QR kodlari berilgan.

Sizlardan ushbu infografikani keng tarqatish orqali noxush voqea-hodisalarning oldini olishga chaqiramiz, deyiladi O`zbekiston musulmonlar idorasi xabarida.

 

📎 PDFni yuklab olish

📎 Telegram orqali PDF

    Boshqa yangiliklar