"Uzbekistan Airways" AJ meteorologik sharoit tobora yomonlashib borayotganligi (tuman, ko`rishning etarli darajada emasligi) munosabati bilan faqatgina 2021 yilning 30 dekabr kuni HY9620/Domodedovo-Namangan aviaqatnovi Domodedovo - Farg`ona muqobil yo`nalishi bo`yicha amalga oshirilishini, HY9619/Namangan - Domodedovo qatnovi esa Farg`ona shahridan amalga oshirilishini ma`lum qildi.
⠀Aviaqatnovning harakat vaqti kichik o`zgarishlari quyida keltirilgan:
HY-9620 qatnovining jo`nab ketish vaqti soat 12:26 ga o`zgartirildi.
HY-9619 qatnovining jo`nab ketish vaqti esa soat 14:00 ga o`zgartirildi.
⠀Yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Namangan va Farg`ona aeroportlari o`rtasida transfer harakat tashkil etiladi.






