AsosiySport

Otabek Umarov mukofotlandi

'Otabek Umarov mukofotlandi'ning rasmi

Avvalroq xabar berganimizdek, Sport va turizm vazirligi tomonidan Yilning eng yaxshi sportchisini taqdirlash marosimi o`tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Ro`yxatning davomi bilan quyida tanishing:

“Yilning eng intiluvchan federasiyasi” sifatida O`zbekiston tarixida ilk bor Olimpiya o`yinlariga sportchisi yo`llanma olgan O`zbekiston o`q otish federasiyasi e`tirof etildi.

“Sport sohasidagi xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga qo`shgan hissasi uchun” – Osiyo Olimpiya Kengashi vise-prezidenti Otabek Umarov taqdirlandi.

Respublika Komissiyasi xulosasiga ko`ra, “Yilning eng yaxshi sportchisi” O`zbekiston Milliy kubogi g`olibi – og`ir atletika bo`yicha Olimpiya o`yinlari va jahon chempioni Akbar Jo`raev!

“Yilning eng yaxshi sport federasiyasi” sifatida O`zbekiston kamondan otish federasiyasi e`tirof etildi.

“Yil kashfiyoti” sovrini – taekvondo bo`yicha Olimpiya o`yinlari chempioni Ulug`bek Rashitov!

Muxlislar o`rtasidagi so`rov natijalariga ko`ra, “Yilning eng yaxshi sportchisi” – boks bo`yicha Olimpiya o`yinlari chempioni Bahodir Jalolov!

    Boshqa yangiliklar