Ijtimoiy tarmoqda "Samarqand viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i 80 ming dollar pora olayotganda ushlandi” mazmunidagi yolg`on xabar tarqatgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qozg`atildi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
2021-yil 17-dekabr kuni fuqaro R.X. “facebook ” ijtimoiy tarmog`idagi guruhlarda “Glav vrach bo`lish 80.000 AQSh dollari...” nomli sarlavha ostida maqola (post) qo`yib, Samarqand viloyati Sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i Jumaniyazov Davronbek Xusainboevichni o`ta og`ir jinoyat sodir etganlikda ayblab, Samarqand viloyatida bosh shifokorlik lavozimiga ishga tayinlanish uchun Boshqarma boshlig`i D.Jumaniyazov birovdan 80.000 AQSh dollari olganligi, mazkur holat bo`yicha unga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilganligi va dastlabki tergov harakatlari olib borilayotganligi haqida yolg`on xabarni tarqatib, unga nisbatan tuxmat qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan X.R.ga nisbatan Samarqand shahri bo`yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 139-moddasi 3-qismi “a, g” bandlari bilan bilan jinoyat ishi qo`zg`ajtilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






