2021 yilning 16-26 dekabr kunlari O`zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Madaniy meros agentligi, “Milliy PR-markazi” Mamlakatimizning moddiy madaniy meros ob`ektlari salohiyatini keng targ`ib qilish va yoritib berishga qaratilgan eng yaxshi qisqa metrajli videoroliklar ko`rik-tanlovini e`lon qilingan edi.
2021 yilning 16 dekabridan 26 dekabriga qadar tanlovga jami 121 ta ariza kelib tushdi, tanlov komissiyasi tomonidan ular orasidan belgilangan talablarga javob beradigan eng sifatli va original 5 ta ijod namunasi tanlab olindi.
Shundan so`ng 28-29 dekabr kunlari ikkinchi bosqich tanlangan 5 ta videorolik Turizm va sport vazirligining barcha veb-resurslariga onlayn ovoz yig`ish orqali g`oliblarni aniqlash jarayoni bo`lib o`tdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda o`tkazilgan so`rovnoma 50 minga kuzatuvchi tomonidan ko`rildi, unda 30 mingdan ortiq ovoz beruvchilar ishtirok etdi. Onlayn ovoz berish natijalari quyidagicha:
1-o`rin – “Registon" videoroligi, 11 860 (38%) ta ovoz, Kartina direktori – Xonkul Samarov, Azamat Samadov, postanovkachi operator va rejissyor –
Kiyas Askarov;
2-o`rin – “Assalom, Xorazm” videoroligi, 9872 ta ovoz (32%), muallif – Husan Yusupov;
3-o`rin – “Shodmalik ota ziyoratgohi – qadriyatlardan so`zlovchi maskan” nomli videorolik, 626 ta ovoz (23%), loyiha muallifi – Aziz Yakubov.






