Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan Kia Sorento Comfort avtomobilini xarid qilish uchun 477,9 mln so`m mahalliy byudjetga ajratilgani haqidagi xabarlar keng muhokamalarga sabab bo`ldi.
Sirdaryo viloyati hokimligining xabariga ko`ra, muhokamalardan so`ng mashina uchun ajratilgan 477,9 mln so`m mahalliy byudjetga tiklanib, “Saxovat va ko`mak” jamg`armasiga o`tkazilgan.
Shuningdek, viloyat mahalliy byudjeti mablag`larini ishlatilishini hamda davlat xaridlari to`g`risidagi qonunchilik talablarini etarli nazorat qilmaganligi uchun viloyat hokimining birinchi o`rinbosari Karimov Anvar Rasulovichga nisbatan — “Hayfsan” intizomiy jazo chorasi ko`rilgan.






