AsosiyJamiyat

Buxoroda fohisha ayol 40 nafar erkakka OITS yuqtirdi

'Buxoroda fohisha ayol 40 nafar erkakka OITS yuqtirdi'ning rasmi

Ma`lum qilinishicha, 2017 yilda qizda OITS kasalligi tasdiqlangan. Belgilangan tartibda nazoratga olingan qiz o`zidagi kasallikni bila turib, o`zgalarga qasddan yuqtirmaslik haqida ogohlantirildi ham. Ammo bu bilan u bedor tunlarga chek qo`ymadi. O`zida bedavo dardni ko`tarib olgan qiz endi mijozlari orasida eng puldorlarini topa boshladi. Uning tungi manzili arzon turli kafelar, kimsasiz ovloq joylar emas, balki qimmat restoran va mehmonxonalarga ko`chdi. 

— Do`stlarim bilan kafeda o`tirganimizda, ro`paramizda o`tirgan ikki nafar qiz bilan tanishib qolgandik, — deydi ayolning sobiq mijozlaridan biri.  — U paytda biz mast bo`lganmiz. Ular bilan jinsiy aloqa ham qilganmiz. Shundan keyin telefon orqali gaplashib, aloqa qilib turdik. Keyinroq men u qizlarni OITSga chalinganini eshitib qoldim. So`ng tibbiy ko`rikka bordim. Shunda men ham bu kasallikni yuqtirib olganimni bildim. Turmush o`rtog`im homilador. Homilasi 6 oylik. Qilgan ishimdan juda pushaymonman. Ammo, afsuski, endi kech.

Olib borilgan o`rganishlar birgina mana shu bemor 40 ga yaqin kishiga OITS kasalligini qasddan yuqtirgan. U bilan aloqaga kirishib, o`ziga bu bedavo dardni yuqtirib olgan erkaklar esa oilali, bola-chaqali. Bir lahzalik kayf-safoni ayolining guldek umrini xazon qilishga almashgan.

Buxoro viloyati IIB tergov bo`limi tergovchisining ma`lum qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 113-moddasi (Tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish)ning 4-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan. Yakunda jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga oshirilgan. Hukmga ko`ra, sudlanuvchiga nisbatan 6 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar