AsosiySport

Ciz yaqin kelajakda, albatta, shaxmat tojini ham O`zbekistonga olib kelasiz — Aziz Abduhakimov chempion Nodirbek Abdusattorovga

'Ciz yaqin kelajakda, albatta, shaxmat tojini ham O`zbekistonga olib kelasiz — Aziz Abduhakimov chempion Nodirbek Abdusattorovga'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, shaxmat bo`yicha jahon chempionatida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov g`alaba qozondi. Ushbu g`alaba munosabati bilan 17 yoshli o`zbek yigitiga ko`plab tabriklar yo`llanmoqda. Xususan, Turizm va sport vaziri, O`zbekiston shaxmat federasiyasi raisi Aziz Abduxakimov ham chempionga o`z tabrigini yo`lladi. 

"Qadrli Nodirbek! Bugun sizning shaxmat bo`yicha rapid yo`nalishidagi jahon chempionatida dunyoning 5 karra chempioni, norvegiyalik Magnus Karlsenni mag`lub etganingiz Yangi O`zbekiston sporti tarixida muhim voqelikka aylandi. Barcha yurtdoshlarimiz ushbu g`alabani shodu-xurramlik bilan qarshi olishdi.

Bugun muhtaram Prezidentimiz tomonidan yurtimizda sport, xususan shaxmatga qaratilayotgan yuksak e`tiborga siz kabi iqtidorli yoshlar o`zlarining olamshumul g`alabalari bilan javob qaytarmoqdaki, bu har bir yurtdoshimizga cheksiz faxr bag`ishlaydi.

Yana bir umidli shaxmatchimiz Shamsiddin Vohidov ham afsonaviy Magnus Karlsen ustidan g`alaba qozongan edi. Bugungi g`alaba esa dunyo shaxmatining ertasi o`zbek yoshlari qo`lida ekanligidan darak bermoqda guyo.

Nodirbek, sizga kelgusida ham omad va zafarlar yor bo`lsin. Ishonamanki, siz yaqin kelajakda albatta shaxmat tojini ham O`zbekistonga olib kelasiz. Bu yo`lda sizga kuch-quvvat va muvaffaqiyat hamroh bo`lishini tilayman", - deyiladi samimiy tabrikda. 

Mavzuga doir:

Prezident jahon chempioniga aylangan Nodirbek Abdusattorovni tabrikladi

    Boshqa yangiliklar