AsosiyJamiyat

Pensiya jamg`armasi pensiya va nafaqa oluvchilar uchun muhim ma`lumotni e`lon qildi. Unga ko`ra...

'Pensiya jamg`armasi pensiya va nafaqa oluvchilar uchun muhim ma`lumotni e`lon qildi. Unga ko`ra...'ning rasmi

Yanvar oyi uchun pensiya va nafaqalar naqd pul shaklida tarqatilishi hamda bank kartalariga yuklanishi 5-6 yanvar sanasidan boshlab belgilangan muddatlargacha to`lanishi ta`minlanadi. Bu haqda Pensiya jamg`armasi xabar berdi. 

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi PQ-2753-son Qaroriga muvofiq pensiya va nafaqalar to`lovi har oyning birinchi bank ish kunidan boshlanib, oyning 27 sanasiga qadar kunlik grafik asosida (dam olish kunlaridan tashqari) mahalla fuqarolar yig`inlari va fuqarolarning yashash manziliga etkazilmoqda.

Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan 2021 yilning 31 dekabr va 2022 yilning 1-4 yanvar kunlari respublikamizda barcha soha vakillari uchun dam olish kuni deb e`lon qilindi.

    Boshqa yangiliklar