AsosiyJamiyat

Toshkentda jamoat transportlarining bayram kunlari qanday ishlashi belgilandi

'Toshkentda jamoat transportlarining bayram kunlari qanday ishlashi belgilandi'ning rasmi

"Toshshahartransxizmat" AJ tomonidan bayram kunlari avtobus yo`nalishlari faoliyati o`zgaradi. 

Yani 2021 yil 28 dekabrdagi 198-sonli "Yangi yil bayrami tantanalarini nishonlanishi munosabati bilan avtobus yo`nalishlari faoliyatini tashkil etish to`g`risida"gi buyrug`iga asosan, "Yangi yil" bayrami nishonlanishi munosabati bilan, 2021 yil 31 dekabr, 2022 yil 1, 2, 3, 4 va 8 yanvar kunlari jamoat transportini tashkil etish belgilandi.  

Bunga ko`ra:

2021 yil 31 dekabr - dam olish kuni. Shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadval asosida, ish vaqtining tugashi 1 (bir) soatga uzaytirilmoqda;

2022 yil 1 yanvar - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar soni 40% ga kamaytirilgan holda ishga chiqarilishi rejalashtirilgan;

2022 yil 2 yanvar - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar bo`yicha harakatlanish ko`zda tutilgan;

2022 yil 3 yanvar - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar bo`yicha harakatlanish ko`zda tutilgan;

2022 yil 4 yanvar - dam olish kuni. Yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar bo`yicha harakatlanish ko`zda tutilgan;

2022 yil 8 yanvar -shanba, ish kuni. Ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar bo`yicha harakatini davom ettirishi belgilab qo`yildi.

    Boshqa yangiliklar