AsosiyJamiyat

Endilikda davlat fuqarolik xizmatiga kirish, uni o`tash va tugatishning yagona qoidalari joriy etiladi

'Endilikda davlat fuqarolik xizmatiga kirish, uni o`tash va tugatishning yagona qoidalari joriy etiladi'ning rasmi

Kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Majlisda deputatlar “Davlat fuqarolik xizmati to`g`risida”gi qonun loyihasini ham muhokama qilishdi.

Qonun loyihasi bilan davlat fuqarolik xizmatini tartibga solish va tegishli sub`ektlarning vakolatlari, davlat fuqarolik xizmatchisining maqomi, odob-axloq qoidalari, uning huquqlari va majburiyatlari hamda javobgarligi belgilandi.

Loyihaga ko`ra, davlat fuqarolik xizmati tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat fuqarolik xizmatiga kirish, uni o`tash va tugatishning yagona qoidalarini joriy etiladi. Mazkur hujjatga muvofiq, shuningdek, birinchi marta davlat fuqarolik xizmatchilarining maqomi instituti joriy etilmoqda.

Shu bilan birga, loyihada davlat xizmatchilarining daromadi va mol-mulkini deklarasiyalash, korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmasligi kabi normalar o`z aksini topmoqda.

Eslatib o`tamiz, bo`lib o`tgan majlisda mazkur qonun loyihasi birinchi o`qishda qabul qilindi.

    Boshqa yangiliklar