Jizzax viloyati, Yangiobod tumani Sarmich mahalla fuqarolar yig`ini hududida 120 o`rinli yangi davlat maktabgacha ta`lim tashkiloti binosi qurilib, foydalanishga topshirildi.
Kecha mazkur bog`chaning tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi, deya xabar bermoqda Maktabgacha ta`lim vazirligi.
Ta`kidlanishicha, ikki qavatdan iborat bolalar maskanining biri-biridan chiroyli, keng va ko`rkam xonalari va zallarning devorlari kichkintoylarga xos tarzda chiroyli rasmlar bilan bezatilgan. O`yin maydonchalari, oshxona, musiqa va sport zallari zamonaviy tarzda jihozlangan.
Ma`lumot uchun, investisiya dasturi asosida 3 mlrd so`mdan ziyod mablag` evaziga barpo etilgan mazkur zamonaviy bog`cha 120 nafar jajji o`g`il-qizlar uchun mo`ljallangan bo`lib, 29 nafar xodimlar faoliyat olib boradi.






