O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki hisob-kitoblar Kliring tizimi (MUNIS) ma`lumotlar bazasini yangi serverga o`tkazish ishlari olib borilishi munosabati bilan 2022 yil 1 yanvar kuni soat 00.00 dan soat 18.00 gacha tizim bilan ma`lumot almashinuvi vaqtincha to`xtatiladi (to`lovlar qayta ishlanmaydi).
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ bu haqda ogohlantirish berdi.
Qayd etiladiki, barcha elektr energiyasi iste`molchilari bayram kunlari qarzdorlik tufayli xonadonlarida elektr energiyasida uzilishlar bo`lishini oldini olish maqsadida to`lovlarni o`z vaqtida amalga oshirish lozim.
Ma`lumot uchun elektr uchun to`lovlarni uydan chiqmay turib, U-Pay, Click, Payme, Paynet kabi to`lov tizimlari orqali ham amalga oshirishingiz mumkin.






