Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Tumanimizda bir yil ichida 3 ta katta yong`in sodir bo`ldi» deb nomlangan ma`lumotga nisbatan Farg`ona viloyat FVB rasmiy munosabat bildirdi.
24 dekabr kuni soat 03:27da O`zbekiston tumani «Bozor Yaypan» MFY Turkiston ko`chasida joylashgan savdo do`konlarining birinchi va ikkinchi qavatida jami 80m². maydonda ichki va tom qismi yongan.
Yong`in-qutqaruvchilar voqea joyiga 03:37da etib borib, 03:40da yong`in o`rab olinib, 04:10da to`liq o`chirilgan. Yong`indan savdo do`konlarining 300 m². maydoni saqlab qolingan.
Hozida yong`inning sababi va etkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Sodir bo`lgan yong`inda jabirlanganlar va kuyganlar mavjud emas.
Yong`inning taxminiy sababi, elektr qurilmalarini nazoratsiz qoldirish natijasida kelib chiqqan.
Yuqoridagi kabi xolatlarni oldini olish maqsadida, elekr qurilmalarini nazoratsiz qoldirmaslik, tungi vaqtlarda turli xildagi qurilmalarni (muzlatgichlar, kondisionerlar, isitich pechlari v.h )yoniq qoldirmaslik tavsiya etiladi.






