AsosiyJamiyat

O`zbekiston 11oyda 4,4 ming tonna limon eksport qildi

'O`zbekiston 11oyda 4,4 ming tonna limon eksport qildi'ning rasmi

 Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekiston 2021 yilning 11 oyida 13 ta xorijiy davlatlarga qiymati 4,4 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 4,4 ming tonna limon eksport qilgan.

Limon eksporti 2020 yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 ming tonnaga kamaygan.

O`zbekiston eng ko`p limon eksport qilgan davlatlar:

🔷 Rossiya – 2,5 ming tonna

🔷Qozog`iston – 1,4 ming tonna

🔷 Qirg`iz R. – 445 tonna

🔷 Ukraina – 3 tonna

🔷 Afg`oniston – 2,2 tonna

Xorijga eng ko`p limon eksport qilgan hududlar:

🔸Toshkent viloyati – 1,3 ming tonna

🔸Farg`ona viloyati – 1,2 ming tonna  

🔸Namangan viloyati – 272 tonna

🔸Buxoro viloyati – 210 tonna  

    Boshqa yangiliklar