Xopkins universiteti «Uyda yolg`iz» filmi misolida vaksinalar qanday ishlashini ko`rsatib berdi.
Ma`lum qilinishicha, universitetning Twitter'dagi akkauntida uyga bostirib kirgan o`g`rilar «Delta» va «Omikron» shtammlari "rolida" chiqqan video chop etilgan. Kevin esa ularga qarata «vaksina» yozuvli bo`yoq bankalarini otadi.
«Preparat» «Delta»ga zarba beradi, «Omikron» esa qutulib qoladi, ammo bu holat bola unga «vaksinaning buster dozasi»ni otgunigacha davom etadi.
Rolik ostidagi xabarda quyidagilar yozilgan: «Bu mening tanam, men uni himoya qilishim zarur!».






