AsosiyJamiyat

Farg`onada qariyb 120 million so`mlik pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi

'Farg`onada qariyb 120 million so`mlik pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo`yildi'ning rasmi

Farg`ona viloyati IIB YPX xodimlari va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir o`tkazildi. 

Ma`lum bo`lishicha, tadbir davomida, “Farg`ona-Toshkent” yo`nalishida harakatlanayotgan fuqaro A.A. boshqaruvidagi “ISUZU” rusumli yuk avtotransport vositasi kuzatuvga olinib, Qo`shtepa tumani hududida to`xtatilib xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida, avtomashina yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o`tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo`lmagan, umumiy qiymati 119,6 million so`mlik 3 turdagi 61876 dona pirotexnika vositalari va 12000 dona cho`g`lanma lampochkalar borligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar