Navoiyning "Qizilqum" jamoasi bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov tuman deputatligiga saylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, Xalq deputatlari tuman Kengashiga saylov o`tkazuvchi Karmana tuman saylov komissiyasining bo`shab qolgan o`ringa deputatlarni ro`yxatga olish to`g`risidagi qaroriga binoan «Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O`zbekiston Liberal demokratik partiyasi» a`zosi, Navoiy shahri «Qizilqum» PFK bosh murabbiyi Xamidjon G`ulomovich Aktamov 5 ta nomzod orasida 78,5% ovoz to`plab, Karmana tuman kengashiga deputat etib saylandi.






