AsosiyJamiyat

35 ta davlat OTM to`lov-kontrakt miqdorini mustaqil belgilaydigan bo`ldi

'35 ta davlat OTM to`lov-kontrakt miqdorini mustaqil belgilaydigan bo`ldi'ning rasmi

Prezidentning “Davlat oliy ta`lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi. 

Qarorga ko`ra, 2022 yil 1 yanvardan boshlab 35 ta etakchi davlat oliy ta`lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berildi.

 Moliyaviy mustaqillik OTMlarning quyidagi vakolatlari bo`yicha berilmoqda:

➖ to`lov-kontrakt asosida o`qitish qiymatini belgilash;

➖ talabalarning to`lov-kontrakt mablag`larini to`lash muddatlarini belgilash va uzaytirish;

➖ o`z mablag`lari hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish;

➖ xorijiy o`quv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar, o`quv qo`llanmalarni to`g`ridan to`g`ri xarid qilish va h.k.

 2022 yil 1 yanvardan boshlab moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTMlarida vasiylik kengashlari tugatiladi.

 Ularning o`rnida tarkibining kamida 70 foizi tegishli vazirlik, idoralar, kadrlar buyurtmachilari, jamoatchilik vakillari va homiylardan iborat bo`lgan yuridik shaxs maqomisiz OTMlarning Kuzatuv kengashlari tashkil etiladi.

Tibbiyot oliy ta`lim muassasalariga ularning klinikalarida moddiy-texnik bazani mustahkamlash, shuningdek, kapital va joriy ta`mirlash ishlarini amalga oshirish uchun o`zlarining budjetdan tashqari mablag`lari hisobidan zarur mablag`larini sarflashga ruxsat berildi.

2023 yil 1 yanvardan boshlab Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligiga Respublika oliy ta`lim kengashi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ro`yxatni kengaytirish huquqi beriladi.

    Boshqa yangiliklar