AsosiyJamiyat

Zoyir Mirzaev Olmaliqda uyma-uy yurib aholi dardini eshitdi (foto)

'Zoyir Mirzaev Olmaliqda uyma-uy yurib aholi dardini eshitdi (foto)'ning rasmi

Olmaliq shahar So`fi Ollayor mahalla fuqarolar yig`ini "Totuvlik" ko`chasidagi 9-"B" ko`p xonadonli uyda bo`lib, bu erda istiqomat qiluvchi aholi vakillari bilan uchrashdi. Viloyat etakchisiga sektor rahbarlari, shahar mutasaddilari hamrohlik qilishdi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar qildi. 

Ijtimoiy uy maqomidagi mazkur manzilda 53 ta kvartira bo`lib, ular asosan nogironligi bo`lgan va ehtiyojmand oilalarga ajratilgan. Bu erda Olmaliq shahridan tashqari viloyatning turli shahar va tumanlarida ro`yxatda turuvchi oilalar umrguzaronlik qilayotir.

photo2021-12-2614-33-16.jpg

Viloyat rahbari xonadonlarga kirib, oila sohiblarining yashash tarzi, muammolari bilan qiziqdi. Oila bekalari, bu erda tarbiyalanayotgan o`g`il-qizlar bilan muloqot qilib, ularning ta`lim olishi, qiziqishlari haqida so`radi. Oila sohiblarini kirib kelayotgan Yangi yil bilan qutladi.

O`z navbatida, aholi vakillari maishiy turmush va ro`zg`or muammolari, yashash sharoitlari bilan bog`liq muammolarini bayon etishdi. Nogironligi bo`lgan shaxslar asosan uy-joy ta`minoti, kommunal soha, tibbiy xizmatdan foydalanish, bandlik bilan bog`liq masalalar yuzasidan murojaat qilishdi.

photo2021-12-2614-33-07.jpg

Jismoniy imkoniyati cheklanganiga qaramay, mehnat qilib, ro`zg`orini binoyidek tebratayotgan, orzu umidlarining ro`yobi bo`lgan farzandlarini oq yuvib, oq tarayotgan ayrim xonadon sohiblari viloyat hokimiga bunday bayramoldi e`tibor uchun minnatdorlik bildirdilar.

Muammoli oilalar ko`targan masalalar echimi yuzasidan mutasaddilar zimmasiga tegishli topshiriqlar yuklandi.

Xonadonlardan birida yashovchi Xan Sayyora ismli uy bekasi birinchi guruh nogironi. Turmush o`rtog`ining ham jismoniy imkoniyati cheklangan. Ikki farzandi bor, baxtga qarshi, farzandlarining ham biri nogiron.

Viloyat hokimi bilan muloqotda ayol asli qibraylik ekani, u erda qarindoshlari borligi, imkoniyat doirasida o`zi tug`ilib o`sgan manzildan uy-joy bo`lsa, yashashi va nogiron go`dagini voyaga etkazishi ancha oson kechishini bildirib, shu masalada yordam so`radi. Viloyat rahbari bu kabi holatlar boshqa oilalarda ham mavjud ekanini inobatga olib, tegishli hududlar mutasaddilari shu erga kelib, masalani puxta o`rganishlari, aniq takliflar asosida yo`l xaritasi tuzib, masalani hal etishlari lozimligini, zaruratga ko`ra moliyaviy jihatlariga yordam berajagini qayd etdi.

photo2021-12-2614-33-31.jpg

Viloyat etakchisi bandlik masalalariga alohida e`tibor qaratar ekan, "Qo`l bilan berganga qush to`ymas" degan xalq maqolini esladi. Shu sababli, imkoniyati bo`lgan uy bekalarimiz o`z ro`zg`orlari, farzandlari uchun mas`uliyatni zimmaga olib, foydali, muqim daromadli ishlar bilan shug`ullanishlari lozim, dedi viloyat etakchisi. Bu masalada xotin-qizlarni kasbga o`rgatish, aytaylik, ayollarga xos bo`lgan chevarlik, qandolatpazlik kabi qisqa kurslarni shu erning o`zida tashkil etish, o`qish harajatlarini xomiylik asosida to`lab berish taklifi o`rtaga tashlandi.

photo2021-12-2614-33-37.jpg

Darvoqe, shu erning o`zida mahallada "temir daftar" ro`yxatlarida turuvchi oilalarga davlatimiz rahbari nomidan yangi yil tabriknomasi, moddiy yordam va bayram sovg`alari tortiq etildi.

Mazuga doir:

"Uyimiz yo`q, hokim buva, snosga tushgan"...   Zoyir Mirzaev Olmaliqda ekanligini eshitgan bolakay uning oldiga etib keldi

    Boshqa yangiliklar