AsosiyJamiyat

Zoyir Mirzaev: Bugun hokim ertalab shifokor, "obed"da o`qituvchi, kechga tomon tadbirkor, kechasi kerak bo`lsa farrosh yoki yo`lchi bo`lsin

'Zoyir Mirzaev: Bugun hokim ertalab shifokor, "obed"da o`qituvchi, kechga tomon tadbirkor, kechasi kerak bo`lsa farrosh yoki yo`lchi bo`lsin'ning rasmi

Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdagi sessiyasidan so`ng ommaviy axborot vositalar vakillari va blogerlar uchun  matbuot anjumani tashkil etilgan. 

Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzaev jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berdi. Xususan, murojaatnomada keltirilgan turli sohalardagi tahlillar va rejalar, viloyatning olis joylarida maktab o`quvchilari uchun maxsus transport qatnovini yo`lga qo`yish, xorijda ishlayotgan fuqarolarning bandligini ta`minlash, yo`l qurilishi, xizmat ko`rsatish va sanoat tarmoqlarining kelgusidagi faoliyatini rivojlantirish kabi ko`plab mavzularda fikr-mulohazalar bildirildi.
 

– Bugungi kunda hokim ertalab shifokor, "obed"da o`qituvchi, kechga tomon tadbirkor, kechasi kerak bo`lsa farrosh yoki yo`lchi bo`lsin, – dedi Z. Mirzaev. – Hamma sohani yaxshi bilishi, tushunishi muhimdir. Lekin har qaysi rahbar, yoki soha egasi “Meni fikrim to`g`ri”, desa xato qiladi. Biz shunday fikrlashimiz kerakki, keng jamoatchilik qo`llab-quvvatlasagina to`g`ri bo`ladi. Men shuni tarafdoriman.

 

    Boshqa yangiliklar