AsosiyJamiyat

Ayrim davlat OTMlariga kontrakt asosida o`qitish qiymatini mustaqil belgilash vakolati berildi

'Ayrim davlat OTMlariga kontrakt asosida o`qitish qiymatini mustaqil belgilash vakolati berildi'ning rasmi

“Davlat oliy ta`lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–61-son, 24.12.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma`lum qildi. 

 Qaror bilan moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat OTM ro`yxati (35 ta) tasdiqlandi.  

 Moliyaviy mustaqil davlat OTMlari 2022 yil 1 yanvardan quyidagilar bo`yicha mustaqil qaror qabul qiladi:

  •  kontrakt qiymatini, to`lash muddatlarini belgilash va uzaytirish;
  •  mahalliy va xorijiy professor-o`qituvchi va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
  •  o`z hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish;
  •  xorijiyan o`quv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar, o`quv qo`llanmalarni to`g`ridan-to`g`ri xarid qilish;
  •  bo`sh turgan bino va inshootlarda pullik xizmatlar ko`rsatish tartibini belgilash;
  •  avtotransport vositalarining yo`l bosish yillik limiti va ularga xizmat ko`rsatish talablarini belgilash.

 

 Shuningdek qarorga ko`ra, ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari uchun davlat OTM xarajatlarini onlayn monitoring qilish imkoniyati yaratiladi.  

 

    Boshqa yangiliklar