Bugun, 27 noyabr kunduz kuni O`zbekistonda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. "O`zgidromet" bu haqda ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, faqat Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida qor yog`ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 2° sovuq-3° iliq, shimolda 0-5° sovuq bo`ladi.
Poytaxtda esa yog`ingarchilik kutilmaydi. Biroq tuman tushishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esad. Havo harorati 0-2° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 0-5° sovuq bo`ladi.






