Toshkent viloyatining markazi hisoblangan Nurafshon shahrida, viloyat hokimligi binosining yonginasidagi bog`da shaxmat maydonchasi tashkil etildi.
Turizm va sport vazirligi buni ma`lum qildi.
Ta`kidlanishicha, hozirda viloyatni kompleks rivojlantirish, aholi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish va ularni sog`lom turmush tarziga jalb etishda muntazam sport bilan shug`ullanishlari uchun barcha imkoniyatlar yo`lga qo`yilmoqda.
"Bog` markazida yaratilgan shaxmat maydonchasi hamma qatori ommaviy axborot vositalari xodimlarida ham qiziqish uyg`otdi",-deydi vazirlik.
Shuningdek, aholi sog`lom turmush tarzini yaxshilash uchun yo`lga qo`yilgan bu kabi loyihalar viloyatning har bir hududida barpo etilishi mumkinligi ta`kidlanadi.






