Qoraqalpog`iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatining ayrim hududlarida qor yog`moqda. Avtomobil yo`llarini qordan tozalash ishlari amalga oshirilib, muzlamalarni bartaraf qilish maqsadida qum-tuz aralashmasi sepilmoqda. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi xabar berdi.
️Xabarda aytilishicha, YHXBB barcha haydovchilardan:
Oraliq masofani saqlab, tezlikni me`yordan oshirmasdan harakatlanishlarini so`ramoqda.
Bundan tashqari haydovchilarga zaruratsiz tungi vaqtda transport vositasida harakatlanmaslik tavsiya qilindi.






