Prezident Shavkat Mirziyoev “Uzbekistan GTL” zavodining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Qashqadaryo viloyatiga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu majmua O`zbekistonda yangi sanoat davrining ifodasi, deb baholanmoqda. Yangi zavodda Sho`rtan gaz-kimyo majmuasining tozalangan metani asosida sintetik suyuq yoqilg`i ishlab chiqariladi.
Tashrif chog`ida Sho`rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish loyihasiga ham tamal toshi qo`yiladi.
Eslatib o`tamiz, mazkur tashrif doirasidagi tadbirlarda "Darakchi" muxbiri ham ishtirok etmoqda. Yangiliklarni saytimiz orqali yoritib boramiz.






