Isroillik olimlar Amor-18 nomli koronavirusiga qarshi dorining klinik sinovlarini o`tkazdi. The Jerusalem Post xabariga ko`ra, preparatni sinab ko`rgan 18 kishining barchasi tuzalib ketdi, deya yozmoqda "Zamon"
Bu Safed shahridagi Ziv tibbiyot markazida sinovdan o`tgan Amorphical biotexnologik kompaniyasining preparati.
Ta`kidlanishicha, testlar engil alomatlari bo`lgan bemorlarda ham, kasallik og`ir kechayotgan bemorlarda ham o`tkazilgan.
“Dori qabul qilgan bemorlar bir necha kun ichida tuzalib, uyga yuborilgani uchun sinov 100 foiz muvaffaqiyatli o`tdi”, — deyiladi xabarda.
Amorf kalsiy karbonat (ACC) yangi Amor-18 preparatining asosiy komponentidir. U og`iz orqali yoki nafas olish yo`li bilan yuborilgan.
ACC har bir hujayra atrofida kislotali pH o`zgarishlarini tartibga solishi mumkin. Ushbu o`zgarishlar koronavirusning hujayralarga kirib, ko`payishiga ta`sir qiladi.






