Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida badiiy gimnastika bo`yicha kichik o`smir yoshidagi qizlar o`rtasida xalqaro turnir o`tkazildi. Unda mamlakatimiz yoshlari ham munosib ishtirok etishdi.
“International Rhythmic Gimnastics CUP Dubai-2021” deb nomlangan ushbu xalqaro turnirda dunyoning 10dan ortiq davlatidan yosh badiiy gimnastikachilar ishtirok etishdi. Unda Zamira Sanoqulova murabbiyligidagi yosh gimnastlarimiz ham o`z omadini sinab ko`rishdi.
Musobaqada hamyurtlarimizdan Elzara Tretyakova erkin mashqda oltin medalga sazovor bo`ldi. Durdona Obidjonovaning halqa yordamida bajarilgan mashqi hakamlar tomonidan oltin medalga loyiq ko`rilgan bo`lsa, erkin mashqda u bronza medalini qo`lga kiritdi. Shuningdek, vakilalarimizdan Eva Kildishova halqa yordamida bajarilgan mashqda kumush, erkin mashqda bronza. Afsona Valieva bulava hamda erkin mashqda kumush, Soliha Navro`zova esa erkin mashqda bronza medali bilan taqdirlanishdi.






