AsosiyJamiyat

Talabalarga poezdlar uchun bayram chegirmalari qanday belgilangan. Rasmiy izoh berildi

'Talabalarga poezdlar uchun bayram chegirmalari qanday belgilangan. Rasmiy izoh berildi'ning rasmi

 Prezidentning 2021 yil 20 dekabrdagi "2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida"gi PF-35-sonli Farmoniga muvofiq mamlakatimizda ichki yo`nalishlardagi yo`lovchi poezdlari tarifidan kiritilgan chegirmalar to`g`risidagi e`lon talabalar tomonidan savollar kelib tushmoqda. Shu munosabat bilan O`zbekiston temir yo`llari AJ bu bo`yicha izoh berdi. 

Ta`kidlanishicha, O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta-maxsus ta`lim muassasalari talabalari uchun imtiyozlar O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-517-sonli  1992 yil 22 dekabrdagi “O`zbekiston Respublikasi o`quvchilari va talabalarining yillik qishki ta`tillari to`g`risida”gi qaroriga muvofiq har yili 28 dekabrdan 10 yanvarga qadar belgilanadi. Mazkur xujjatda qayd etilishicha, qishki ta`til davrida kunduzgi bo`limlarning talabalari va o`quvchilariga yo`l haqi 50 foizli chegirma bilan sotiladi.

Shu kunlarda e`lon qilingan, ya`ni 2021 yil 31 dekabrdan 2022 yil 4 yanvargacha bo`lgan davrdagiga chiptaning tarif qismidan – 15 foizli chegirma O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta-maxsus ta`lim muassasalarining qolgan boshqa ta`lim bo`limlari (sirtqi, kechki va magistratura) talaba va o`quvchilariga nisbatan qo`llaniladi.

ESLATMA:  Imtiyozli bo`lgan chiptalarni faqat temiryo`l kassalarida xarid qilishingiz mumkin. Elektron chiptalarda belgilangan chegirmalar rasmiylashtirilmaydi. Qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`la kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar