AsosiyJamiyat

Ijro intizomini qat`iy nazoratga olish hamon oldimizda ko`ndalang turibdi — Ozodbek Nazarbekov

'Ijro intizomini qat`iy nazoratga olish hamon oldimizda ko`ndalang turibdi — Ozodbek Nazarbekov'ning rasmi

Madaniyat vazirligi markaziy apparatida ushbu masalaga oid tanqidiy yig`ilish o`tkazildi. Bu haqda vazirlik rahbari Ozodbek Nazarbekov xabar bermoqda.

"Ijro intizomi nazorati masalasiga oid yig`ilish o`tkazdik",-deydi Nazarbekov.

Shuningdek, ta`kidlanishicha, yig`ilishda joriy yilda ijro intizomini nazorat qilish borasida olib borilgan ishlar tanqidiy-tahliliy sarhisob qilinib, yo`l qo`yilgan kamchiliklar, muammolar, shuningdek,  vazirlik tizim tashkilotlarida o`tkazilgan tekshiruv davomida aniqlangan korrupsion holatlarni jiddiy muhokama qilingan.

Uning davomida endilikda o`tkaziladigan tanlovlar hamda madaniy loyihalar nafaqat viloyatlar va  chekka tumanlarni qamrab olishi aytiladi.

"Ammo shuni ham ta`kidlash lozimki, tizimda ijro intizomini tartibga solishni qat`iy nazoratga olish kabi masalalar hamon oldimizda ko`ndalang turibdi",-deydi vazir.

"Aytish kerakki, o`tgan besh yillikda berilgan imkoniyatlarning natijasini yaqqolroq namoyon etish, korrupsiyaga to`la barham berish kelgusi faoliyatimizga qo`yilgan asosiy talabdir.  Endilikda har bir sohadagi faoliyat va korrupsiya masalasi Davlatimiz rahbarining qattiq nazorati ostiga olindi.  Bu esa bizdan yanada ko`proq mas`uliyat va jiddiy e`tibor talab qiladi",-deydi u.

Ma`lum qilinishicha, yig`ilish yakunida 2022-2025 yillarga mo`ljallangan rivojlantirish dasturi hamda O`zbekiston rahbari tomonidan belgilab berilgan sohaga oid ustuvor vazifalar yuzasidan zarur ko`rsatma va topshiriqlar belgilab olindi.

    Boshqa yangiliklar