AsosiySport

Kecha dzyudo bo`yicha O`zbekiston chempionati yakuniga etdi. Eng kuchlilar aniqlandi

'Kecha dzyudo bo`yicha O`zbekiston chempionati yakuniga etdi.  Eng kuchlilar aniqlandi'ning rasmi

Toshkentdagi "Yunusobod"sport majmuasida 3 kun davom etgan dzyudo bo`yicha O`zbekiston chempionati kecha o`z yakuniga etdi. Bahslar og`ir vazn toifasidagi polvonlar musobaqasi bilan yakunlandi. Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya Qo`mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, -100 kg vazn toifasida Muzaffarbek To`raboev, +100 kgda esa Bekmurod Oltiboev g`alaba qozonib, yana bir karra mamlakat chempionligini qo`lga kiritishgan. Shuningdek, Otabek To`raboev, Elbek Abdullaev kabi surxondaryolik polvonlar ajoyib kurashi bilan muxlislarda katta taassurot qoldirishgan.

Quyida batafsil natijalar bilan tanishing:

-100 kg vazn toifasi

1. Muzaffarbek To`raboev (Toshkent shahri)

2. Otabek To`raboev (Surxondaryo)

3. Bahrom Rajabov (Toshkent shahri)

3. Aqlmurodbek Xudoyberdiev (Surxondaryo)

+100 kg vazn toifasi

1. Bekmurod Oltiboev (Surxondaryo)

2. Elbek Abdullaev (Surxondaryo)

3. Shohruh Baxtiyorov (Toshkent shahri)

3. O`tkirbek To`raboev (Surxondaryo)

-78 kg vazn toifasi

1. Shirinjon Yo`ldosheva (Xorazm)

2. Irisxon Qurbonboeva (Xorazm)

3. Pokiza Kamoliddinova (Toshkent shahri)

3. Tursunposhsha Nurmetova (Xorazm)

+78 kg vazn toifasi

1. Mohinur Parmonova (Qashqadaryo)

2. Fotima Quranboeva (Xorazm)

3. Yulduz Muhammadieva (Surxondaryo)

3. Charos Ozodova (Xorazm)

    Boshqa yangiliklar