Bugun, 23 dekabr kuni soat 18:10 larda Samarqand shahrida fuqaroning boshqaruvidagi "Lada-2115" rusumli avtomobil harakatlanib ketayotgan vaqtda yonib ketgan. Qayd etilishicha, bunga transport vositasining dvigatel qismida yuz bergan qisqa tutashuv sabab bo`lgan.
YHXBBning xabar berishicha, yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan vaqtida bartaraf etilgan. Tan jarohati olganlar yo`qligi aytiladi.
Ta`kidlanishicha, ushbu hodisa yuzasidan Samarqand shahar FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
"Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e`tiborli bo`lishlarini so`raymiz",-deyiladi YHXBB xabarida.






