Chinoz tumani Barkamol avlod bolalar maktabi robotatexnika to`garagi o`quvchisi Muhammadjon Hamidullaev o`zbek tilida so`zlashuvchi robot yaratdi. Bu haqda Toshkent viloyat Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Asosiy vazifasi insonlar salomatligini nazorat qiluvchi "ROBO-DOKTOR" aholiga uchun ko`plab tibbiy maslahatlar beradi. Bundan tashqari, bemorlarga sanitariya-gigiena holatlariga nazorat qilish, qon bosimini o`lchash kabi vazifalarni ham bajaradi.
O`quvchilar to`garak darslarida bu kabi ko`plab qiziqarli loyihalar ustida izlanishlar olib bormoqda.






