AsosiyJamiyat

​SSV: Ochiq muloqotga yo`llangan murojaatlarning katta qismi tibbiyotning birlamchi bo`g`iniga daxldor

'​SSV: Ochiq muloqotga yo`llangan murojaatlarning katta qismi tibbiyotning birlamchi bo`g`iniga daxldor'ning rasmi

Prezidentimizning sog`liqni saqlash tizimi vakillari bilan “O`zbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun” mavzusida bo`lib o`tadigan ochiq muloqotiga yo`llangan murojaatlar soni shu kungacha 2558 taga etdi. Ulardan 72 foizi o`z echimini topgan bo`lsa, qolgan qismi ijro jarayoniga yo`naltirilgan.

Kelib tushgan murojaatlarning:

  •  545 tasi sog`liqni saqlash tizimining birlamchi bo`g`ini,
  •  134 tasi tez tibbiy yordam xizmati,
  •  132 tasi ixtisoslashgan markazlar faoliyati,
  •  82 tasi ilm-fan,
  • E 74 tasi oliy tibbiy ta`lim,
  •  64 tasi sanitariya-epidemiologiya xizmati,
  •  58 tasi farmasevtika,
  •  54 tasi onalik va bolalikni muhofaza qilish,
  •  49 tasi ijtimoiy himoya,
  •  45 tasi xususiy tibbiyot kabi yo`nalishlarga daxldordir.

Qolaversa, malaka oshirish, shoshilinch tibbiy yordam, o`rta maxsus tibbiy ta`lim, yuridik xizmat, sog`lom turmush tarzi, davlat xususiy sherikchilik yo`nalishlari bo`yicha ham ko`plab murojaatlar qabul qilingan.

Murojaatlarning katta qismi Toshkent shahri (179 ta), Qashqadaryo (131 ta) hamda Farg`ona (129 ta) viloyatlari hissasiga to`g`ri keladi.

Binobarin, ayni paytda ijro jarayonidagi masalalarning 58 foizi birlamchi tibbiy yordam yo`nalishiga oiddir. Hududlar kesimida esa ularning 22 foizi Namangan va Andijon viloyatlariga, qolgan 78 foizi esa respublikamizning boshqa hududlari hisobiga to`g`ri kelmoqda.

    Boshqa yangiliklar