O`zbekiston yoshlar mukofoti, "Sog`lom avlod uchun" ordeni sohibi, O`zbekiston xalq artisti, taniqli kompozitor va dirijyor Shermat Yormatov vafot etdi.
Madaniyat vazirligi axborot xizmati bu haqda ommaga ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, Shermat Yormatov o`zbek bolalar xorining eng faol targ`ibotchisi, kuyunchak rahbar, “Qo`shig`im, jon qo`shig`im”, “Birgalikda kuylaymiz”, “Do, re, mi, fa, sol”, “San`at g`unchalari” kabi qator ko`rsatuvlar orqali butun respublika bolalariga musiqadan tahsil bergan muallim sifatida barchaning yodila qolgan.
Shuningdek: "O`zbekiston madaniyat vazirligi jamoasi ulug` san`atkorning vafoti munosabati bilan uning oila a`zolari va yaqinlari, hamkasb va shogirdlariga chuqur qayg`u ila ta`ziya izhor etadi",-deyiladi xabarda.






