Toshkentdagi "Universal" sport majmuasida o`tayotgan kurash janglari bo`yicha O`zbekiston chempionatining ikkinchi kun bahslari yakunlandi. Bugungi dastur bilan "klassik" kurashchilarning ishtirokidagi bellashuvlar nihoyasiga etdi. Bu haqda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, bugungi bellashuvlarda bir qator polvonlar o`z vazn toifalarida g`alaba qozonib, mamlakat chempionligini rasmiylashtirib olishdi.
Quyida g`olib va sovrindorlarning to`liq ro`yxati bilan tanishing:
60 kg:
1. Feruz To`xtaev (Buxoro);
2. Abdulaziz Tursunboev (Namangan);
3. Ilhom Bahromov (Samarqand);
3. Muhammadqodir Yusupov (Andijon).
67 kg:
1. Abror Atabaev (Farg`ona);
2. Mahmud Baxshilloev (Buxoro);
3. Ilyos Abdunazarov (Toshkent viloyati);
3. Sobir Kazakbaev (Jizzax).
72 kg:
1. Mirzobek Rahmatov (Buxoro);
2. Bekzod Umarov (Navoiy);
3. Dilshod Madaminov (Toshkent shahri);
3. Jamshid Qo`ziev (Toshkent viloyati).
97 kg:
1. Muhammadali Shamsiddinov (Buxoro);
2. Abror Nurmuhammedov (Toshkent);
3. Ergali Ayximbaev (Toshkent viloyati);
3. Botir Kandilov (Qashqadaryo).






