AsosiyJamiyat

Farg`onalik yosh ixtirochi yana bir qurilmani kosmosga uchirdi. Bu safar ancha uzoqroqqa...

'Farg`onalik yosh ixtirochi yana bir qurilmani kosmosga uchirdi. Bu safar ancha uzoqroqqa...'ning rasmi

Marg`ilon shahridagi raqamli texnologiyalar markazida 20 dekabrdan 25 dekabrgacha xakaton, ideaton, robototexnika va kibersport yo`nalishlarida “ICT Fergana 2021” haftaligi tanlovlari o`tkazilmoqda. "O`zbekiston yoshlar forumi - 2021” doirasida tashkil etilayotgan ushbu tanlovlarda bugun robototexnika yo`nalishida qatnashayotgan yoshlar ishtirokida tadbir tashkil etildi, deya xabar bermoqda hokimlik.

Qayd etilishicha, O`zbekiston tarixida ilk marta kosmosga mini sputnik uchirgan va 42 ming metr balandlikdan Erni tasvirga olgan farg`onalik yosh ixtirochi Ziyodullo Butaxonov bu safar 50 km uzoqlikka ko`tarila oladigan stratostat qurilmasini ishga solgan.

Shu o`rinda, tashkil etilgan tadbir davomida ishtirokchilar Farg`onada IT sohasida ilk natijalarga erishilayotganligini e`tirof etishgan. Xususan, Marg`ilon raqamli texnologiyalar markazida hozirda 400 nafardan ortiq yoshlarga bilim berib kelinayotgani aytiladi .

Ta`kidlanishicha, markaz rezidentlari tomonidan yaratilgan 10 ga yaqin loyihalar amaliyotda o`zini oqlab ulgurgan.  

    Boshqa yangiliklar