AsosiyJamiyat

"O`zbekiston temir yo`llari" AJ ba`zi yo`lovchilarga bayram arafasida chegirmalar e`lon qildi

'"O`zbekiston temir yo`llari" AJ ba`zi yo`lovchilarga bayram arafasida chegirmalar e`lon qildi'ning rasmi

Ma`lumot uchun, chegirmalar 2021 yilning 31 dekabridan 2022 yilning 4 yanvariga qadar amal qiladi.

"O`zbekiston temir yo`llari" aksiyadorlik jamiyati  O`zbekistonda ichki yo`nalishlardagi yo`lovchi poezdlari tarifidan kiritilgan chegirmalar haqida e`lon qildi.  

Qayd etilishicha, bu chegirmalar O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabrdagi "2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida"gi PF-35-sonli Farmoniga muvofiq belgilandi.

Yuqoridagi Farmonga asosan, 2021 yilning 31 dekabr - 2022 yil 4 yanvar, 2022 yil 21-23 mart va 2022 yil 1-2 sentyabr kunlarida quyidagi bayram chegirmalar mavjud:

  • Nafaqaxo`rlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolarga chiptaning tarif qismidan – 50%;  
  •  Oliy o`quv yurtlarining talabalari, maktab o`quvchilari, kollej va lisey talabalari, IIV, MV, DXX, DS, DB maxsus ta`lim muassasalari talabalariga chiptaning tarif qismidan – 15%;  
  •  Oilaviy bo`lib poezdga chiqsa (ikki yoki undan ortiq kishi – eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo`lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to`lmagan bolasi bo`lgan ona) (nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) chiptaning tarif qismidan – 15%;  
  • Bir jamoa, guruh bo`lib poezdga chiqsa (4 kishidan ortiq - yo`riqnoma asosida) chiptaning tarif qismidan – 15%; 
  • "Afrosiyob" tezyurar elektropoezdlarida barcha toifadagi yo`lovchilarga chiptaning tarif qismidan - 10%.

Eslatib o`tamiz, imtiyozli bo`lgan chiptalarni faqat temiryo`l kassalarida xarid qilish mumkin. 

"Elektron chiptalarda belgilangan chegirmalar rasmiylashtirilmaydi",-deyiladi xabarda.

Shuningdek, qo`shimcha ma`lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`l kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar