AsosiyDunyo

Auksionda dunyodagi eng kichik kitob sotildi

'Auksionda dunyodagi eng kichik kitob sotildi'ning rasmi

Kitob 1952 yilda Germaniyadagi Gutenberg muzeyi tomonidan nashr etilgan bir necha yuz nusxalardan biri hisoblanadi.

Qayd etilishicha, undagi matnlarni faqat va faqat lupa bilan o`qish mumkin.

Ushbu g`ayrioddiy kitob Bryusseldagi Arenberg ausionida sotilgan. "The Guardian" ga tayanib Zamon.uz' nashrining yozishicha, uning narxi 3500 evroni tashkil qilgan. 

Kitobning hajmi beshga besh millimetrni tashkil qiladi. Bu  qalamning o`tkir uchidan kichikroq. Avvaliga teri bilan qoplangan kitob bir yarim ming evrogacha sotilishi rejalashtirishgan, biroq kimoshdi savdosi paytida anonim xaridor narxni ikki baravarga oshirgan. 

Matn shunchalik kichikki, uni oddiy ko`z bilan o`qib bo`lmaydi. Auksioner Anri Godtning so`zlariga ko`ra, kuchli lupa kerak bo`ladi. Kitob 1952 yilda Germaniyadagi Gutenberg muzeyi tomonidan nashr etilgan bir necha yuz nusxalardan biridir.

    Boshqa yangiliklar