zamon.uz saytiga ko`ra, mazkur hodisa Yuqori turkman mahallasida sodir bo`lgan.
Voqea yuzasidan birlamchi xulosalarga ko`ra, fuqarolar ehtiyotsizlik oqibatida tabiiy gazdan foydalanib, etiologik zaharlanishdan vafot etgan bo`lishi mumkin.
Mazkur holatni o`rganish uchun tuman komissiyasi tuzilgan.
Komissiya tomonidan baxtsiz hodisa sodir bo`lgan joyning holati bo`yicha o`zgarishlarni qayd etish, tabiiy gazdan foydalanish uskuna va jihozlarning turi, rusumi, markasi, ularning joylashuv o`rni e`tiborga olingan.
Bundan tashqari, texnik holatini aniqlash, dudbo`ron va shamollatish kanallarining loyiha hujjatlariga, belgilangan norma va qoidalarga muvofiqligini aniqlash, baxtsiz hodisa guvohlari bilan suhbat olib borish kabilar ko`zda tutilgan.






