AsosiyJamiyat

"Mana endi yosh-qari uzoqqa yugurmaydi" — Namanganlik fuqaro DXAning yangi filiali ochilishi haqida

'"Mana endi yosh-qari uzoqqa yugurmaydi" — Namanganlik fuqaro DXAning yangi filiali ochilishi haqida'ning rasmi

Viloyatda DXA filiallari soni 15taga etdi.

Davlat xizmatlari agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan aholiga qulaylik yaratish maqsadida mahallalarda Davlat xizmatlari markazlarining filiallari tashkil etilmoqda. Bunda, olisda joylashgan qishloq va ovullar tanlab olinib, unga yondosh bo`lgan mahalla aholisining tuman markaziga borib vaqt va ortiqcha mablag` sarflashgan holda xizmatlardan foydalanishiga chek qo`yilmoqda, deya ma`lum qiladi agentlik.

Qayd etilishicha, Norin tumanining olis qishloqlaridan biri “Norinkapa” va unga yondosh bo`lgan 9 ta mahallada 42 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi. Aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug`ullanadi. Aholining tuman markaziga borib kelishi uchun sarflagan 20 kilometrlik yo`li va vaqti tejaladigan bo`ldi. Buning uchun esa, tuman Davlat xizmatlari markazining “Norinkapa” filiali qishloq ahliga xizmat ko`rsatish uchun o`z eshiklarini ochgan.

"Norin markaziga borish uchun biz nuroniylarga ancha qiyin. Davlat xizmatlari markazi xodimlari mahallamizga sayyor xizmat ko`rsatish uchun kelganlarida bizning mahallada ham filial ochish taklifini bergan edik. Bizning murojaat mas`ullar tomonidan o`rganilib, qishloqda markaz filiali ish boshladi. Mana endi yosh-qari xizmatdan foydalanish uchun uzoqqa yugurmaydi. Shundoqqina mahalla binosidan xizmat olishi mumkin",- deydi norinkapalik nuroniy Bahodir Shodmonov.

    Boshqa yangiliklar