AsosiyJamiyat

Ayollar, qizlar, gender tenglik... O`zbekiston raisligida o`tgan etakchi ayollar muloqoti qanday tus oldi?

'Ayollar, qizlar, gender tenglik... O`zbekiston raisligida o`tgan etakchi ayollar muloqoti qanday tus oldi?'ning rasmi

2022 yilda etakchi ayollar Muloqotiga Turkmaniston raislik qiladigan bo`ldi. Bu haqda O`zbekistonning Markaziy Osiyo etakchi ayollari muloqotiga raisligi yakunlari sarhisobida ma`lum qilindi.

Tadbirda so`zga chiqqanlar 2021 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari etakchi ayollari muloqoti mintaqa davlatlari ayollarining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va barqaror rivojlanishi, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta`minlash yo`lidagi madaniy-gumanitar jarayonlarda yanada faolroq rol o`ynashga bo`lgan intilishlarini yuqori darajada e`tirof etish va qo`llab-quvvatlashga muvaffaq bo`lganini ta`kidladilar, deya xabar qiladi Oliy Majlis Senati axborot xizmati.

Qayd etilishicha, yig`ilishda to`g`ridan-to`g`ri ishtirok etgan BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo`yicha mintaqaviy markazi rahbari Natalya German quyidagicha fikr bildirgan:

"Muloqot mintaqadagi ayollar o`rtasida barcha darajadagi salohiyatni oshirish va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishida muhimligini ta`kidlayman. Muloqot iqlim o`zgarishi va atrof-muhitning degradasiyasi kabi ekzistensial tahdidlarga javob choralarini ishlab chiqishga hissa qo`shish imkoniyatiga ega. Bu eng jiddiy mintaqaviy tahdidlardan biri – xususan, mintaqada tinchlik va xavfsizlikka tahdiddir. Ayollar va qizlar uchun ushbu jarayonlarning xavf-xatarlarini ko`proq tahlil qilish va atrof-muhit degradasiyasi oqibatlarining oldini olish va bartaraf etish uchun inklyuziv va gender siyosatni amalga oshirish uchun ko`proq harakat qilish zarur",-deydi u.

Shu bilan birga, Natalya German Markaziy Osiyo etakchi ayollari muloqoti O`zbekiston raisligida sermahsul va samarali bo`lganini qayd etgan.

"Mintaqaviy platforma faoliyatining birinchi yilida belgilangan sur`at Muloqotni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi shubhasiz",-deydi  BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo`yicha mintaqaviy markazi rahbari.

    Boshqa yangiliklar