AsosiyJamiyat

"Tabiat xatolarimizni kechirmaydi, poytaxtda kuzatilgan changli bo‘ronni eslasangiz kerak..." Aziz Abduhakimov yoshlar diqqatini ekologiya mavzusiga qaratdi

'"Tabiat xatolarimizni kechirmaydi, poytaxtda kuzatilgan changli bo‘ronni eslasangiz kerak..." Aziz Abduhakimov yoshlar diqqatini ekologiya mavzusiga qaratdi'ning rasmi

Kuni kecha Toshkent yoshlar forumi doirasida Bosh vazir o`rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimovning yoshlar bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi. 

Abduhakimov yoshlar bilan ularning turizm, sport, madaniyat va ekologiya sohalaridagi istiqbolli loyihalari bo`yicha ishlashga tayyorligini ta`kidlab o`tgan.

Bosh vazir o`rinbosarining fikricha, yirik sport musobaqalarini o`tkazish orqali yoshlarning sog`lom turmush tarzini olib borish va sportga e`tibor qaratishga bo`lgan rag`batini oshirish mumkin. 

A.Abduhakimov shuningdek, yoshlarni atrof-muhitni muhofaza qilishda faollikka chaqirdi, ularning diqqatini ekologiya mavzusiga qaratib, Orol dengizi fojeasining insonlar hayotiga ta`siri so`z yuritgan. 

"Yaqinda sport marafonlari ketma-ketligi o`tkazildi" – deya ma`lum qiladi A.Abduhakimov.

"Shulardan biri Orol dengiziga bag`ishlangan edi. Biz tushunishimiz kerakki, tabiat xatolarimizni kechirmaydi. Yaqinda poytaxtda kuzatilgan changli bo`ronni eslasangiz kerak, iqtisodiy manfaatlar ortidan ekologiyaga etkazilgan zarar oqibatlariga ko`plab misollar keltirish mumkin",-deydi u.

A.Abduhakimov yoshlardan savol va takliflarini so`ragan. Har bir savolga batafsil javob berib, ishtirokchilarning qiziqarli g`oyalari uchun minnatdorlik bildirgan.

    Boshqa yangiliklar