AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida vagon ustiga chiqqan lisey talabasi tok urishi oqibatida vafot etdi

'Toshkent viloyatida vagon ustiga chiqqan lisey talabasi tok urishi oqibatida vafot etdi'ning rasmi

Toshkent viloyatining Qibray tumanida vagon ustiga chiqqan lisey talabasi tok urishidan halok bo`ldi. Bu haqda Transport va turizm ob`ektlarida xavfsizlikni ta`minlash departamenti xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, IIV 2 son Toshkent akademik liseyining 3 kurs talabasi bo`lgan Z. J. ni Qibray tumanida joylashgan “Oqqovoq” temiryo`l bekatining 21 kilometrida vagon ustiga chiqishi oqibatida yuqori kuchlanishdagi tok urgan va voqea joyida vafot etgan.

20 dekabr kuni u o`qigan liseyda mazkur baxtsiz hodisa muhokamasi bo`lib o`tgan. Yig`ilishda o`quvchilarga temiryo`lda harakatlanganda vagon ustiga chiqmaslik, temiryo`lni belgilanmagan joyidan kesib o`tmaslik, temiryo`l atrofida quloqchinlardan foydalanmaslik va temiryo`l hududi o`ta xavfli hudud ekanligi haqida tushunchalar berilgan.

Boshqa yangiliklar