AsosiyJamiyat

Jizzaxlik deputatlar hokim murojaatnomasida savol bermasligi haqida ogohlantirilganiga izoh berildi

'Jizzaxlik deputatlar hokim murojaatnomasida savol bermasligi haqida ogohlantirilganiga izoh berildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Xalq deputatlari Jizzax viloyati kengashining 20 dekabr kuniga belgilangan sessiyasida viloyat hokimi Ergash Soliev murojaatnoma yo`llashi va unda deputatlardan hokimiga savol bermaslik talab qilinayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Qolaversa, deputatlar sessiyaga telefon bilan qo`yilmasligi haqida ogohlantirilgani aytilmoqda.

Jizzax viloyati hokimligining holat yuzasidan bildirgan munosabatida  sessiya yig`ilishi viloyat televideniyasi hamda ijtimoiy tarmoqlarda to`g`ridan-to`g`ri yoritilishini inobatga olgan holda yig`ilishiga halaqit bermaslik maqsadida telefon ovossiz holatga keltirish tavsiya etilgani ma`lum qilingan.  

Ma`lum qilinishicha, ayrim tumanlarning uzoqligi sababli reglamentga asosan, deputatlarning sessiya yig`ilishiga kechikib kelishiga yo`l qo`ymaslik uchun  eslatilgan.

 

    Boshqa yangiliklar