O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati joriy hafta uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra, bugun kunduz kuni respublika hududining katta qismida yomg`ir yog`ishi kutilmoqda. Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida va Farg`ona vodiysi viloyatlarida yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 10-15° iliqni tashkil etadi.
Poytaxtimizda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 12-14° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda yog`ingarchilik bo`ladi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 5-10° iliq bo`ladi.






