AsosiyJamiyat

Toshkentdagi "Qushtut"da "O`zbek yozuvi va kitobot san`ati" ekspozisiyasi ochildi

'Toshkentdagi "Qushtut"da "O`zbek yozuvi va kitobot san`ati" ekspozisiyasi ochildi'ning rasmi

Kecha, 18 dekabr kuni XIX asrga oid o`zbek xalqining betakror me`moriy yodgorligi bo`lgan"QUShTUT" galereyasida "O`ZBEK YoZUVI VA KITOBOT SAN`ATI" doimiy ekspozisiyasi tashkil etildi.

O`zbekiston madaniya meros agentligining qayd etishicha, ekspozisiyadan qariyb uch ming yillik tarixga ega bo`lgan, o`zbek ajdodlari ixtiro qilgan va foydalangan, qadim xorazm, baqtrya, sug`d yozuvlari, shuningdek, lotin va kirill alfavitlaridagi osori atiqalar, qadimgi qo`lyozmalar o`rin olgan.

"Tadbirdan maqsad o`zbek yozuvini qariyb 3 ming yildan ortiq tarixi, ajdodlarimiz yaratgan va joriy qilgan yozuvlar , shuningdek, xattotlik, kalligrafiya san`ati darajasiga ko`tarilganligi haqida xorijiy sayyohlar, yoshlar va qiziquvchilarga ma`lumot hamda tushuncha berishdan iborat",-deya ta`kidlanadi agentlik xabarida.

    Boshqa yangiliklar