AsosiySport

O`zbekiston 2022 yilda bir yo`la ikkita Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi

'O`zbekiston 2022 yilda bir yo`la ikkita Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi'ning rasmi

Kecha, 18 dekabr kuni Qozog`istonning Almati shahrida Osiyo karate federasiyasi (AKF) ijroya qo`mitasining navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tdi va unda Osiyo karate federasiyasining birinchi vise-prezidenti Alam Mullaev ham ishtirok etdi.

Turizm va sport vazirligining qayd etishicha, mazkur tadbirda karate bo`yicha o`tkaziladigan navbatdagi Osiyo chempionatlarining tashkiliy masalalari muhokamada bo`lgan.

Yakunda 2022 yilda bir yo`la ikkita Osiyo chempionatini o`tkazish uchun O`zbekiston mezbon sifatida tanlab olingan. Unga ko`ra, kattalar o`rtasida Osiyo chempionati va 14 yoshdan 21 yoshgacha bo`lgan yoshlar o`rtasida ham qit`aning eng nufuzli musobaqalari aynan O`zbekistonda bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar